Skip to content

Ro'yxatdan o'tish ​

Ro'yxatdan o'tish 2 daqiqa oladi va karta talab qilinmaydi. Sinov davri 14 kun, bu vaqtda Biznes tarifining barcha imkoniyatlari ochiq.

Ro'yxatdan o'tish sahifasi

Qadamlar ​

  1. my-sklat.menio.uz/signup sahifasini oching.
  2. Telefon raqamingizni kiriting va Kod yuborishni bosing.
  3. Tasdiqlash kodi keladi:
    • raqamingizda Telegram bo'lsa — Telegram'dagi «Verification Codes» chatiga;
    • aks holda — SMS orqali.
  4. 6 xonali kodni kiriting.
  5. Ismingiz, kompaniya nomi va parolni (kamida 8 belgi) kiriting.
  6. Ro'yxatdan o'tishni bosing — siz to'g'ridan-to'g'ri ilovaga kirasiz.

Yangi akkauntda tayyor turadi

  • "Asosiy ombor"
  • kompaniyangiz nomi bilan yuridik shaxs
  • o'lchov birliklari (dona, kg, l, m, qop, quti …)
  • narx turlari: Chakana narx (asosiy) va Ulgurji narx
  • xodim rollari: Rahbar, Omborchi, Qabul qiluvchi, Sotuvchi, Kassir, Buxgalter, Kuryer
  • kontragent statuslari va xarajat moddalari

Kod kelmasa ​

  • Raqamni to'g'ri kiritganingizni tekshiring (+998 90 123 45 67 ko'rinishida).
  • Yangi kodni 60 soniyadan keyin so'rash mumkin.
  • Bir kunda bitta raqamga yuborilgan kodlar soni cheklangan.