Skip to content

Savdo nuqtalari va kassalar ​

Chakana → Savdo nuqtalari — do'konlaringiz, ulangan kassa qurilmalari va kassirlar.

Savdo nuqtalari

Savdo nuqtasi ​

+ Yangi savdo nuqtasi: nomi (masalan "Chilonzor do'koni"), ombor (sotilgan tovar shu ombordan chiqadi), narx turi (odatda Chakana) va yuridik shaxs.

Ro'yxatda har bir nuqta: ombori, nechta kassa ulangani va smena holati ("Smena 1 ochiq · kassir ismi").

Kassani ulash ​

  1. Nuqtani tanlang → Kassani ulash — 6 xonali kod chiqadi (10 daqiqa amal qiladi).
  2. Kassa qurilmasida kassa-sklat.menio.uz ni oching va kodni kiriting → Kassani ulash.
  3. Ulangan kassalar ro'yxatda ko'rinadi; Uzish — qurilmani darhol o'chiradi (masalan, planshet yo'qolsa).

Kassirlar va PIN ​

Kassirlar panelida kassada sotish huquqi bor xodimlar. Har biriga PIN o'rnatish (4–6 raqam) — kassir kassaga shu PIN bilan kiradi. PIN o'rnatilmagan xodim kassaga kira olmaydi.

Chakana hujjatlar ​

Sotuvlar, Qaytarishlar, Kassa amallari tablarida kassada yaratilgan cheklar. Ularni bu yerda o'zgartirib bo'lmaydi — faqat ko'rish.

Chakana sotuvlar