Skip to content

Sotuv ​

Kassa: sotuv ekrani

Ekran ikki qismdan iborat:

  • Chapda — chek: qo'shilgan tovarlar, jami summa, amal tugmalari va raqamli klaviatura.
  • O'ngda — tovarlar: qidiruv/skaner maydoni va tovar plitkalari (narx va qoldiq bilan).

Tovar qo'shish ​

  • Skaner bilan: shtrix-kodni skanerlang — tovar chekka tushadi. Skaner maydoni doim faol, oldin bosish shart emas.
  • Qidiruv: nom yoki kodni yozing, plitkani bosing.
  • Plitka: bosish +1 dona qo'shadi; yana bossangiz miqdor oshadi.
  • Avtomatik chegirma bo'lsa, u qatorga o'zi qo'shiladi ("− 5%").

Miqdor, narx, chegirma ​

Chekdagi qatorni tanlang (ko'k fon), so'ng klaviatura rejimini tanlang:

TugmaNima qiladi
MiqdorRaqamlar miqdorni yozadi (kg uchun vergul bilan: 1,5)
% ChegirmaShu qatorga chegirma foizi
NarxShu qator narxini qo'lda o'zgartirish
⌫Oxirgi raqamni o'chiradi; bo'sh miqdorda — qatorni o'chiradi
TozalashButun chekni tozalaydi

Hozir tahrirlanayotgan qiymat chekda ko'k chiziq bilan ajratiladi.

To'lovga o'tish ​

To'lov tugmasi yoki F9 → To'lov va chek.