Inventarizatsiya
Haqiqiy qoldiqni sanab, hisobdagi qoldiq bilan solishtirish.

Kompyuterda
- Tovarlar → Inventarizatsiya → Yangi, omborni tanlang, saqlang.
- Tovarlarni qo'shing (skaner yoki qidiruv). Har bir qatorda Hisobda (tizimdagi qoldiq), Haqiqatda (sanalgan) va Farq ko'rinadi.
- Sanab bo'lgach Natijani qo'llashni bosing — farqlar bo'yicha avtomatik Kirim (ortiqcha) va Hisobdan chiqarish (kam) hujjatlari yaratiladi. Ularni tekshirib, o'tkazing.
INFO
Inventarizatsiya hujjatining o'zi qoldiqni o'zgartirmaydi — buni u yaratgan kirim va chiqim hujjatlari qiladi.
Telefonda sanash
Katta omborda bir nechta xodim telefon bilan bir vaqtda sanashi mumkin — internet bo'lmasa ham.

- Inventarizatsiya hujjatida Telefonda sanash tugmasini bosing (yoki havolani xodimga yuboring).
- Sahifa birinchi ochilganda ombordagi barcha tovarlar telefonga yuklanadi.
- Tovarni skanerlang (USB/Bluetooth skaner yoki 📷 kamera) — har skaner +1.
- Aniq sonni kiritish uchun ro'yxatdagi tovarni bosing va sonni yozing (± tugmalari bor).
- Yuqorida holat: Onlayn / Oflayn va yuborilmaganlar soni.
Internet uzilsa sanash to'xtamaydi: hammasi telefonda saqlanadi va aloqa qaytganda o'zi yuboriladi. Bir nechta telefondan sanalgan sonlar qo'shiladi; qayta yuborilgan ma'lumot ikki marta hisoblanmaydi.
WARNING
Telefonda sanash sahifasini kamida bir marta internet bilan oching — tovarlar ro'yxati shunda yuklanadi.